Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
28.01.2012 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida ham ko‘p ish qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba'zida rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib kelayotganini ko‘rsatadi".

Islom Karimov, O‘zbekiston Prezidenti

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Ravshan Ermatov jahonning eng yaxshi hakami
Turfa hodisalar
06.01.2012 y.

 NewsUz.Com. Dunyo futbol hakamlari faoliyatini baholab boradigan Worldreferee.com sayti o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovni 2011 yilning "Eng yaxshi hakami" deb e'lon qildi. U 100ga yaqin hakam orasidan eng yaxshi deb topilgan.

davomi...
 
Rossiya va Ukraina mashinalari arzonroqqa tushadi
Iqtisodiyot
05.01.2012 y.

 NewsUz.Com. Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtomobilni maxsus savdo shaxobchasidan sotib olgan O'zbekiston fuqarosi respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imidan ozod etiladi. Norma.uz xabariga ko‘ra, mazkur tartib 2012 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan.

davomi...
 
Shartnomasiz ijaragir jarima to‘laydi
Hududlar
04.01.2012 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda 2012 yilning 1 fevralidan turar-joyini shartnomasiz ijaraga bergan fuqarolar jarimaga tortiladi. O'zbekiston Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish shuni nazarda tutadi.

davomi...
 
Toshkent ko‘chalarida videoradar paydo bo‘ldi
Turfa hodisalar
03.01.2012 y.

  NewsUz.Com. Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati videoradar ishlata boshlagan. Raqamli uskuna tezlikni me'yordan oshirish holatini aniqlaydi. Videoqurilma yo‘l harakati xavfsizligi avtomobilining old oynasiga o‘rnatiladi va noutbukka ulanadi.

davomi...
 
Ommaviy axborot vositalari ayrim soliqlardan ozod etildi
To`rtinchi hokimiyat
02.01.2012 y.

 NewsUz.Com. 2012 yilning 1 yanvaridan O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar ijtimoiy-siyosiy hamda bolalar adabiyotini, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun nashrlarni sotishdan olingan foydadan foyda solig‘i to‘lamaydi. Bu borada mamlakat prezidenti qarori e'lon qilingan.

davomi...
 
Buxoro hokimi ishdan olindi
Siyosat
27.12.2011 y.

 NewsUz.Com. 27 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Samoydin Husenov lavozimidan bo‘shatilgan. Uzmetronom nashri xabariga ko‘ra, xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi yig‘inida ishtirok etgan bosh vazir Shavkat Mirziyoev hokimning vakolatini muddatdan oldin tugatishni taklif qilgan.

davomi...
 
Soliq idorasi rahbari tadbirkorlardan “o‘lpon” yiqqan
Hududlar
27.12.2011 y.

 NewsUz.Com. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Xalil Normamatov poraxo‘rlik va lavozimini suiiste'mol qilishda aybdor deb topilgan. Soliq idorasi rahbari vaqti-vaqti bilan tumandagi tadbirkorlardan pul va mahsulot shaklida "o‘lpon" yig‘ib turgan.

davomi...
 
O’zbekistonda shakar arzonlagan
Iqtisodiyot
27.12.2011 y.

 NewsUz.Com. 25 dekabrdan O'zbekistondagi oziq-ovqat do‘konlarida shakar bahosi 1600 so‘mga arzonlagan. Ayni paytda bir kilogramm shakar 3200 so‘mdan sotilmoqda. Oxirgi paytlarda kundalik iste'mol savatiga kiruvchi ushbu mahsulot bahosi keskin oshgandi. 

davomi...
 
General Otaev lavozimidan tushirilgan
Siyosat
26.12.2011 y.

  NewsUz.Com. O'zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi, general Murod Otaev o‘rnini mamlakat mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Toshmatov egallagan. Uzmetronom nashri xabariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Islom Karimov shunday farmon qabul qilgan.

davomi...
 
Mehribonlik uyi direktori mablag‘ o‘zlashtirishda aybdor
Hududlar
26.12.2011 y.

 NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi  26-mehribonlik uyi direktori Sohibaxon Hamroqulovani soxta hujjatlar orqali 16 million so‘mdan oshiq mablag‘ni o‘zlashtirishda aybdor deb topgan. Sud hukmiga ko‘ra, aslida ishlamagan 50 nafar xodim uchun soxta tabel yuritilgan.

davomi...
 
Rossiya va O’zbekistonda migratsiya vakolatxonalari ochiladi
Siyosat
26.12.2011 y.

 NewsUz.Com. Rossiya va O'zbekiston rasmiy doiralari ikki mamlakatda migratsiya xizmati vakolatxonalari ochish ustida muzokara olib bormoqda. Rossiyaning O'zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuvda bu haqda ma'lum qilgan.

davomi...
 
Toshkent: elektrni chegirish bo‘yicha ko‘rsatma
Hududlar
19.12.2011 y.

 NewsUz.Com. Toshkent shahar elektr tarmoqlari idorasi ta'lim muassasalariga noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylari ichida elektr energiyasini 30 foizga chegirish haqida ko‘rsatma bergan. Bu esa qish mavsumida elektr energiyasiga talab oshishi bilan izohlangan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 1 - 18 1973
So'rovnoma
Sizningcha, zamonaviy o‘zbek kinosiga asosan nima yetishmayapti?

Raqam

Janubiy Koreya O‘zbekiston  uchun muhim iqtisodiy hamkor. Buni mamlakatlar o‘rtasidagi delegatsiya almashuvi ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi. Birgina 2008 yili Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 80 ta delegatsiya kelgan.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar